ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI
Boboyev Xamza XamidullayevICH
Lavozimi: Energetika va mashinasozlik fakulteti dekani
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti: Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +99893 186 06 03
Tashmatov Ravshan Kobilovich
Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi: PhD
Telefon: +99890 975 87 47
Abdullaev Abdumannon Xoldorovich
Lavozimi: Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi:
Telefon: +99893 115 84 88
- ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
- FAKULTET KAFEDRALARI
- KAFEDRA MUDIRLARI
- ILMIY SALOHIYAT
- FAKULTET TALABALARI
1958-1961 yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.
XX asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq o‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kombinat faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi bo‘limga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan o‘rinbosari I.I.Inag‘amov bo‘lgan. Rahbariyatning “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga ko‘chirilsin” degan buyrug‘iga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga ko‘chiriladi. Fakultet Olmaliqqa ko‘chirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961 yil A.P.Turchits tayinlandi.
1963-1967 yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1967 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi ToshPIga o‘tkazildi kechki, sirtqi bo‘limlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.
1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.
Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995 yillarda ishlagan professor -o‘qituvchilar B.A. Stepanov V.N.Chazov, R.Sharipkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.Chazova, M.I.Shupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.Yusupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.Yakubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.
1995 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.
2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining tegishli bo‘limlarini va qolaversa Respublika sanoatining tog‘-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. O‘sha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus ko‘rsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O‘.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiyev, dotsent A.M.Mutalov va fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflari, hamda “Ta’lim muassaslariga qabul qilish bo‘yicha” Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy Kengashining 2001-yil 27-sonli majlis qarori asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan. Fakultet dekani etib dotsent Xasanov A.S. tayinlangan va u bu lavozimda 2012-yilgacha faoliyat yuritdi.
2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov, 2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov fakultet dekani lavozimida ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi va uning tarkibiga “Energetika va mashinasozlik” fakulteti ham tashkil etildi.
“Energetika va mashinasozlik” fakultetiga O.E.Sattorov dekan lavozimiga filial direktori buyrug‘iga binoan 2017-yil 10-avgustdan tayinlandi va u 2022 yil 30-avgustgacha faoliyat ko‘rsatdi.
Filial direktorining 2022-yil 8-avgustdagi “Filialda yangi fakultet va kafedralarni tashkil etish toʻgʻrisida” gi 01/9-05-153-sonli buyrugʻiga asosan “Energetika va mashinasozlik” fakulteti tarkibiga “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Texnologik mashinalar va jihozlar” va “Matematika va informatika” kafedralari kiritiladi.
2022-yil 5-sentabrdan bugungi kungacha PhD. V.N.Jurayev fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Energetika va mashinasozlik” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud.
- Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
- Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
- Matematika va informatika kafedrasi
Fakultetning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda olib boriladi.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARGA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA ISH OLIB BORISHMOQDALAR.
- Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi – PhD. Boboyev Xamza Xamidulloyevich
- Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi– katta o’qituvchi Ganiyev Sarvar Tursunboy o’g’li
- Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi – PhD. Ergashev Maxmud
- Matematika va informatika kafedrasi – PhD. Sulaymonova Dildora Baxtiyarovna
FAKULTET BOʻYICHA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING TAQSIMOTI VA ILMIY SALOHIYATI
№ | Boʻlimlar | Fan doktori yoki professor | Fan nomzodi, PhD yoki dotsent | Katta oʻqituvchi | Assistent |
1 | Dekanat | – | 1 | 2 | – |
2 | Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi | 1 | 5 | 3 | 9 |
3 | Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi | 1 | 3 | 2 | 4 |
4 | Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi | – | 1 | 2 | 5 |
5 | Matematika va informatika kafedrasi | – | 5 | 5 | 3 |
Jami: | 2 | 15 | 14 | 21 |
FAKULTETDA TALABALAR
Talablar 2023/2024 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3,4,5-kurs talabalari kontingenti:
- kurs -248 nafar,
- kurs – 163 nafar,
- kurs -142 nafar,
- kurs -149 nafar,
- kurs – 69 nafar,
Fakultet bo‘yicha jami talabalar soni (kunduzgi va kechki boʻlim) – 771 nafar
2022/2023 o‘quv yilida talabalar kontingenti quyidagicha: