22-dekabr yurtimizda energetika sohasi vakillarining mehnatini qadrlash va ularning kasb bayramini nishonlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana energiya ta’minoti, ishlab chiqarish va tejash bo‘yicha fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislar, muhandislar hamda ishchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Кun munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi tomonidan “Energiya tejamkorlik – davr talabi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasi mudiri Sh.Rayxonov va kafedra dotsenti M.Muminov talabalani bayram va kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdilar. Tadbirda 200 Kvt quvvatli ijtimoiy energiya normasi doirasida sahna ko‘rinishlari tashkil etildi, energiya samaradorligini targ‘ib qiluvchi chiqishlar bilan davom ettirildi.