Bugun TDTU Olmaliq filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talaba-yoshlarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish maqsadida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurash, halollik, adolat va qonun ustuvorligi mavzularida chuqur tahlillarga boy ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Ergasheva Goʻzal (7a-24 MM guruhi talabasi);
2 -o‘rin — Sattorova Dilshoda (12-23 AS guruhi talabasi);
3-o‘rin — Omonullayev Abdurashid (3d-23 FQB guruhi talabasi).
G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.