Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi хodimlari tomonidan 13 oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 754-sonli qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, evakuatsiya yo‘llarining ochiqligi, fuqarolarimizga elektr va gaz jihozlaridan me’yor talablari asosida foydalanish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari aytib o‘tildi.