Flat Preloader Icon Loading...

Faxriylari Kengashi a’zolari TDTU OFda

photo 2025 04 16 14 01 19 3

Bugun «O’zbekmetallurgiya kombinati» AJ mehnat faxriylari Kengashi a’zolari, metallurgiya sohasida katta kasbiy tajribaga ega mutaxassislar B.Sarimsaqov, M.Madmarov, E.Ablyazimov, A.Petrova TDTU OFga kelishdi. Maqsad – talabalarga qo`rǵoshin, qora metall prokatni va ferroqotishmani ishlab chiqarish texnologiyasi mavzusida ma’ruzalar taqdim etish

Uchrashuv avvalida O’zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi bilan hamkorlik yo’lidagi tashabbusi uchun filial direktori professor A.Samadovga Kengash raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg’asi topshirildi. Uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo’shib, ta’lim jarayonida faol ishtirok etayotgan qutlug’ yoshdagi professor-o’qituvchilar S.Abduraxmonov va Yu.Isomatovga Respublika faxriylari Kengashi «O’zbekmetallurgiya kombinati» AJ Bekobod filialidan «Xumson» dam olish maskaniga yo’llanma topshirildi

Shundan so’ng faxriylar ko’rgazmali slaydlar orqali ma’ruzalar o’qidi

Scroll to Top