Flat Preloader Icon Loading...

Fidoyi xodimlar e’tirof etildi

fpbv frf

Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni mutaxassislikka yo‘naltirish jarayonida mehnat qilayotgan jamoamizning har bir a’zosi filialning samarali faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

TDTU Olmaliq filialining o‘ziga xos an’analari borki, ularning asosida “Inson-aziz, uning mehnati qadrli” tamoyili mujassam. Ana shu tamoyil asosida bugun filialda tashkil etilgan tadbirga barcha bo‘lim va dekanat ishchi-xodimlari taklif etildi.

2023-2024 o‘quv yilida filialning samarali faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, lavozim yo‘riqnomalariga mas’uliyat bilan yondashib, jamoaning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘layotgan bir guruh ishchi-xodimlar TDTU Olmaliq filiali rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top