🔷TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida “Yоshlar forumi” doirasida filial direktori, professor Alisher Usmanovich Samadov va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔷Uchrashuvda direktor joriy o‘quv yilida yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar, filial oldida turgan yangi yil rejalari xususida ma’lumot berdi.
🔷Ochiq muloqotda har bir talaba o‘zining bir yillik faoliyatini sarhisob qilishi, kelgusi yil uchun niyat, maqsad, harakat rejalarini tuzib olishi zarurligi ta’kidlandi.
🔷Talabalar direktorning oliy ta’lim imkoniyatlari, raqobatbardosh kadrlarga qo‘yiladigan talablar, muvaffaqiyatga erishish qoidalari xususidagi tavsiyalarni katta qiziqish bilan tingladilar.