Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 11.04.2023 yilda «Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari»ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida Davlat rahbari tomonidan, yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratilgani, xususan, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘magiga muhtoj yoshlar bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash zarurligi ta’kidlangan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat rahbarlari, xususan oliygoh rektorlari ham yoshlarga biriktirilib, bir qator ishlar tashkil etildi. Jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori Alisher Samadovga Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidan jami 37 nafar yosh (Sergeli MFYdan 6 nafar, Mashrab MFYdan 9 nafar, Tinchlik MFYdan 10 nafar, Chaqmoq MFYdan 8 nafar, Navqiron MFYdan 4 nafar) biriktirilgan.
Filial direktori mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar xonadonida bo’lib, ularning taklif va muammolarini tingladi hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatib, bandligini ta’minlash maqsadida o’z tavsiyalarini berdi.