Flat Preloader Icon Loading...

Filial kafedralarining hisobot yigʻilishlari

photo 2025 06 23 14 04 24

Bugun TDTU Olmaliq filiali kafedralarining 2024-2025 oʻquv yili yakuni natijalariga koʻra hisobot yigʻilishlari boshlandi. Konchilik ishi va Kimyoviy texnologiyalar kafedralarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, xalqaro hamkorlik, xoʻjalik shartnomalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi xususida kafedra mudirlari A.Xasanov va M.Ochilovning hisobotlari komissiya a’zolari tomonidan qabul qilindi. Komissiya vakillari har bir kafedra faoliyatiga tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, oʻrinli savollar bilan murojaat qilishdi.

Kafedra fan dasturlarini xalqaro reytinglarda TOP-300talik universitetlarning bakalavr va magistratura oʻquv dasturlariga moslashtirish masalasi dolzarbligi ta’kidlandi.

Scroll to Top