TDTU OF Konchilik ishi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan filial amaliyotchi psixologi M.Yulchiyeva tomonidan uchrashuv o’tkazildi.
Suhbat jarayonida filial psixologi talabalar bilan yaqindan tanishib, ularga psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati, psixologik xizmat koʻrsatish va uning turlari haqida maʼlumot berdi.
Hayotining asosiy qismini ota-onasi bagʼrida oʼtkazib, endilikda ulardan olisda taʼlim olish uchun kelgan yoshlarning ruhiyatida jiddiy oʼzgarishlar boʼlishi tabiiy. Psixolog tomonidan ularga ruhiy dalda boʼluvchi, moslashuv davrida qoʼllab-quvvatlovchi psixologik bilimlar berildi.