Flat Preloader Icon Loading...

Filial xodimlari uchun seminar

photo 2025 04 14 12 16 58

Har bir shaxs ichida oʻzga odam, oʻzga olam yashaydi. U bizning “men”imizdir. Inson shaxsi, uning ichki olami va dunyoqarashi oʻsha “men”ning qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Oʻz “men”ini topa olgan, uni doimo rivojlantirib, yuksaltira olgan insongina baxtli boʻladi.

TDTU Olmaliq filiali jamoasi uchun tashkil etilgan seminar-treningda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi dosenti O.Abdurasulov inson ruhiyatini toʻgʻri shakllantirish, unga sayqal berish xususida qiziqarli ma’ruza oʻqidi. Seminar davomida ishtirokchilarning inson ichki dunyosining turfa xil ranglari haqida mushohada qilishiga erishildi.

Scroll to Top