Flat Preloader Icon Loading...

Filial yangiliklari

Xalqaro forumda

Joriy yilning 19-20-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Vebster Universiteti bilan hamkorlikda “Oliy ta’limda sifatni ta’minlash va akkreditatsiya” mavzusida xalqaro ta’lim sifatini ta’minlash forumi tashkil etildi. Tadbirda oliy ta’limda sifatni ta’minlash va akkreditatsiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy ekspertlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumda …

Xalqaro forumda Davomini o’qish

mnb

ZOOM platformasi orqali onlayn ma’ruzalar

N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti dotsenti, t.f.n. Yuriy Anatolevich Gladkov ishtirokida Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi bakalavrlari uchun “Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarini kompyuterda modellashtirish” fanidan ZOOM platformasi orqali ochiq ma’ruzalar o‘tkazilmoqda. Darslar davomida metallarning prokatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi kuchlanishlarni oldindan aniqlash, salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha nazariy …

ZOOM platformasi orqali onlayn ma’ruzalar Davomini o’qish

njvjd

«Eko innovatsion 2025»

Bugun Yer sharidagi mavjud ekologik muammolarning miqyosi, iqlim o ‘zgarishi, iqtisodiyotdagi global keskin raqobat va tabiiy resurslarning kamligi mavjud texnologiyalarni modernizatsiya qilishni taqozo etadi. Bu zarurat o‘z o‘rnida innovatsion g`oyalar orqali jamiyatning barqaror rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion texnologiyalar iqtisodiy ko ‘rsatkichlarni yaxshilashga va ekologik muammolar echimiga yordam beradi. …

«Eko innovatsion 2025» Davomini o’qish

2424

TDTU OFning 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi

Bugun TDTU Olmaliq filialining 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida filial ilmiy salohiyati oshishiga hissa qo‘shayotgan Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari Sh.Xakimov va M.Xakimovaga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomlari topshirildi. Shundan so‘ng kengash kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi. Kengash a’zolari …

TDTU OFning 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi Davomini o’qish

rasm

“Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida

Ilgari xabar berilganidek, TDTU Olmaliq filialida 2025- yil sentyabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida Konchilik ishi fakultetida tadbir tashkil etildi. Unda Olmaliq shahar Ekologiya partiyasi tashkiloti raisi D.Yunusov, Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, PhD D.Abdusattorov, professor-o‘qituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok …

“Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida Davomini o’qish

eko

Direktor va yoshlar uchrashuvi

TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan TDTU Olmaliq filiali direktori t.f.d., professor A.U.Samadovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda filialning mas’ul mutasaddi vakillari ham ishtirok etishdi. Filial rahbari talabalarga Olmaliq shahrida oliy ta’lim tizimining ochilish sababi, rivojlanishi va hozirgi kundagi shart-sharoitlari haqida ma’lumot berdi. Oliy ta’lim tizimi islohotlari va …

Direktor va yoshlar uchrashuvi Davomini o’qish

hfvv

Kechki ta’lim talabalari bilan suhbat

2025-2026 o‘quv yilida TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetiga kechki ta’lim shakliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan suhbat tashkil etildi. Fakultet ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Xabibullayev talabalarni filial ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi. Filial Axborot-resurs markazi faoliyati haqida talabalarga keng ma’lumot berildi. Suhbat savol-javoblarga boy holda samimiy o‘tdi.

kjhb

“Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!”

TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik hamda Konchilik ishi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Olmaliq …

“Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” Davomini o’qish

zhamiev

Magistratura bosqichi uchun davlat grantlari taqsimoti

2025-2026 o’quv yilida TDTU Olmaliq filialida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori asosida grant taqsimoti uchun ariza topshirgan MAGISTRATURA magistrantlarining yakuniy natijasi. Grant taqsimoti natijalariga ko’ra, hujjat topshirgan talabalarning 30 nafaridan 28 nafariga to’liq grant (100%) va 2 nafariga to’liq bo’lmagan (50%) ta’lim granti ajratilgan.

elon

Davlat granti taqsimoti

2025-2026 o’quv yilida Olmaliq filialida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori asosida grant taqsimoti uchun ariza topshirgan talabalarning yakuniy natijasi. Grant taqsimoti natijalariga ko’ra, 76 nafar talabaga to’liq grant (100%) va 50 nafar talabaga to’liq bo’lmagan (50%) ta’lim granti ajratilgan. 5 nafar talabgorning hujjati esa komissiyadan o’tmagan.

elon
Scroll to Top