Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli hamda o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida «Yil ayoli-2023″ hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari tashkillashtirilib, kuni kecha ushbu tanlovlarning shahar bosqichi o‘tkazildi.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali professor-o’qituvchilari,
* «Yil ayoli-2023″ tanlovida ishtirok etgan M.Xoshimxanova «Yilning eng ma’rifatli ayoli» nominatsiyasi bo‘yicha;
* “Gender tenglik faoli” tanlovi bo‘yicha N.Kuchkarova “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilib, viloyat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.