Flat Preloader Icon Loading...

Germaniyalik ekspert TDTU OFda

img 8478


Ma’lumki, an’anaviy ta’lim shaklida talaba oliy ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi. Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritildi.

“Dual” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, biror narsaning ikki qismga taalluqliligi, ikkita narsani ifodalovchi, ikki qismdan iborat, degan ma’nolarni bildiradi. Dual ta’lim – talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Bunda yoshlar 2-3 kun ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba korxona va tashkilotlarda ishga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan ustoz biriktiriladi va oylik maoshi to‘lanadi.

Hozirda TDTU Olmaliq filiali ushbu tizim doirasida “Olmaliq KMK” AJ bilan hamkorlikda kelishuv shartnomalarini imzolab, bitiruvchı kurslardan tanlov asosida saralab olingan 18 nafar talaba korxonada oylik maosh asosisa ishlab kelishmoqda. Konchilik ishi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan ushbu talabalar “Olmaliq KMK” AJning 2-Mis boyitish fabrikasining turli bo‘linmalarida ishlab, nazariy olgan bilimlarini amalda mustahkamlamoqda.

«Skills Expert Program» loyihasiga asosan nemis standartlariga muvofiq dual o‘qitish modelidan foydalanib, kadrlar tayyorlash masalasi bo‘yicha «GERMAN INDUSTRY AND COMMERCE» jamiyati eksperti Sonja Ruetz OKMK vakillari bilan TDTU Olmaliq filialida bo‘lishdi.

Tashrifdan maqsad nemis standartlariga muvofiq dual o‘qitish modeli haqida batafsil maa’lumot berish, filialda mazkur ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Ilmiy ishlar, innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xoliqulov xorijiy ekspertlarni filial ilmiy, o‘quv laboratoriyalari bilan tanishtirdi.

Scroll to Top