Flat Preloader Icon Loading...

Ginnes rekordlari sari

rabototehnika

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Muhandislik yo‘nalishlarida Ginnes Rekordlar kitobiga kiruvchi rekord qayd etish” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.

Unga ko‘ra, 2000 nafar yosh muhandis talabalar tomonidan bir vaqtning o‘zida 2000 ta robot konstruktorini yig‘ish orqali rekord qayd etilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbirga tayyorgarlik maqsadida hamda «Dolzarb 90 kunlik» doirasida TDTU Olmaliq filialida iqtidorli talabalar ishtirokida robototexnika bo‘yicha «Robototexnika texnologiyalaridan foydalanish» bo’yicha amaliy mashg‘ulotlar jadal ravishda olib borilmoqda.

Ular ushbu mashg‘ulotlar orqali nafaqat robot yig‘ish ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda, balki jamoaviy ishlash, aniqlik va samaradorlik kabi muhim muhandislik mahoratlarini ham rivojlantirmoqdalar.

Scroll to Top