Davr vabosi hisoblangan – giyohvandlikning oldini olish bugun eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Insonni tanazzulga yetaklovchi bu unsurdan yoshlarni saqlash, ularni bu baloning mudhish oqibatlaridan ogohlantirish har birimizning burchimizdir.
TDTU OF Konchilik ishi fakulteti talabalariga oliygoh mas’ullari – yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Djamiev, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi M.Niyozov real hayotiy misollar asosida giyohvandlikning oqibatlari haqida so‘zlab berishdi.
Suhbat jarayonida har bir insonning hayoti o‘z qo‘lida, uni uvol qilishdan asrash zarurligi ta’kidlandi.