Shu kunlarda “Telegram” messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda Internet foydalanuvchilariga «Click» nomli havola bilan «Click kompaniyasi mening kartamga 2 million so’m berdi. Men ularni yangi ilovasinin o’rnatdim va sizga ham o’rnatishni va pul olishingizni maslahat beraman» mazmunidagi xabarlar kelsa, ularga ishonmang. Bu virus. Aslo havolani ochmang. Bu xabarlar yolg’on.
Yana huddi shunday viruslardan biri – «Boshqarma xodimlari» fayl papkasi orqali «Assalomu alaykum. Juda muhim kompyuterda ko’ring» mazmunidagi xabardir. Bu ham virus bo’lib, xabarga ishonib qolmang!
Sizlardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz. O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishidan himoya qiling!