Flat Preloader Icon Loading...

Hurmatli talabalar!

jelonga

🔷Kontrakt toʻlov shartnomasidagi hisob raqam joriy yildan o’zgardi. Ayni vaqtdagi shartnomalardan esa oliy taʼlim muassasasi hisob raqami olib tashlandi.

🔷Ayni vaqtda:
🔷Kontrakt toʻlovining banklar yoki toʻlov tizimlari orqali toʻlash jarayonida, talabadan faqat PINFL(JSHSHIR) talab qilinadi.
🔷Bank xizmatchilari toʻgʻridan toʻgʻri oliy taʼlim muassasasi hisob raqamiga emas, balki “Bank servis 1303” orqali toʻlov qilishga majbur boʻladi.

🔷Maʼlumot uchun: kimda eski shartnomalar bo’lsa, «kontrakt.edu.uz»ga kirib, to’lov shartnoma bo’limidan «yuklash»ni bosib, yangi shartnomani olishlari mumkin. Yoki shartnomadagi QR kodni skaner qilish orqali yangilashlari mumkin. Bundan tashqari, ZOOMRAD yoki CLIK programmasi orqali ham to’lov qilish mumkin.

🔷Eslatma: Eski hisob raqamga qilingan to’lovlar ham saqlanadi.

Scroll to Top