O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va faol yoshlarga “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiyasi” tayinlanishi haqida ma’lum qilamiz.
2017-yildan buyon respublikamizning har bir hududidan 1 (bir) nafar talaba ushbu nufuzli stipendiya bilan taqdirlanib kelmoqda.
Stipendiyaga nomzodlar:
Ijtimoiy faol, tashabbuskor talabalar;
O‘qish va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishganlar;
Kasaba uyushmalari faoliyatida muntazam ishtirok etayotgan talabalar.
Hujjatlar:
Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar oliy ta’lim muassasasi ilmiy (pedagogik) kengashi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 30-sentyabrgacha.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni dekanatlar yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalaridan olishingiz mumkin.
Faol va iqtidorli talabalarni ushbu stipendiyaga hujjat topshirishga chorlab qolamiz!