Mudofaa vazirligi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Ikkinchi jahon urush xotiralarida» nomli ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda ijodning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Tanlov «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar 10-aprel sanasiga qadar «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
▫️Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezume);
▫️Pasport (ID-karta) nusxasi;
▫️Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
▫️O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
▫️9×12 o‘lchamdagi bitta rangli fotosurat;
▫️Tanlov ishtirokchisi tomonidan yaratilgan, to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Murojaat uchun: 99-86018-87
Manzil: 100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.