Flat Preloader Icon Loading...

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

ta lil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga muvofiq, sanoatdagi dolzarb muammolarni hal etish uchun respublika ilmiy salohiyatiga ega kadrlarni faol jalb qilish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida TDTU Olmaliq filiali O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari A.Yusupov, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri R.Tashmatov, shuningdek, TDTU Metallar texnologiyasi kafedrasi dotsenti B.Saydumarov ishtirokida ishlab chiqarish muammosini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, “Diametri 120 mm bo‘lgan sharlarning mustahkamligini oshirish va kesim bo‘yicha qattiqligini bir xillashtirish uchun termik ishlov berish rejimlarini optimallashtirish” mavzusidagi masalaga doir muammolar tahlil qilindi.

Tadqiqot doirasida 120 mm diametrli po‘lat sharlarni ishlab chiqarish texnologik reglamenti hamda korxona tahlil natijalari chuqur o‘rganildi.

Scroll to Top