Flat Preloader Icon Loading...

Ilm fidoyilariga ehtirom

etirof

Bugun TDTU Olmaliq filialida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova hamda Respublika ma’naviyat-targʻibot markazi eksperti, veteran jangchi faxriylar kengashi raisi maslahatchisi M.Eshnazarov hamda filial jamoasi a’zolari ishtirok etishdi.

Oliy ta’lim tizimi rivojiga uzoq yillar davomida qoʻshib kelayotgan salmoqli hissasi, ilm yoʻlidagi sadoqati va fidoyiligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan TDTU Olmaliq filiali direktori t.f.d., professor A.Samadov va Metallurgiya kafedrasi dotsenti, PhD N.Asqarova “Oliy ta’lim a’lochisi” faxriy koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Boshqarma boshligʻi N.Kulbekova jamoaga bayram tabrigini yoʻllab, taqdirlanganlarga yuksak mukofotlarni topshirdi.

Bayram munosabati bilan Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriylar kengashi tomonidan filial direktori A.Samadov “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi hissasi uchun” koʻkrak nishoni, filial professor-oʻqituvchisi Z.Sadullayev “Fidoyi vatanparvar” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, oʻzining fidokorona mehnati bilan filial rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan jamoa texnik xodimlari D.Joʻrayeva va E.Xasanov ham mazkur kengash tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top