Flat Preloader Icon Loading...

Imtiyozli ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

Ta’lim krediti oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.

Kredit shartlari:

  • yillik stavka – 14% (MB asosiy stavkasida);
  • miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida;
  • muddati – o‘qishni tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil muddatga.

Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi!

Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  • ta’minot hujjatlari.

Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz (http://talim-krediti.mf.uz/) portali orqali qoldirish mumkin.

  • Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foiz stavkasi ham pasaytiriladi, agar asosiy stavka oshirilsa, kredit stavkasi ko‘tarilmaydi.

Birinchi bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilangan.

Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.

Scroll to Top