Yаngi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi kun tartibidagi birinchi masalalardan biri bo‘lib, barcha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil l 4-avgustdagi 376-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash masalasi Toshkent viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Viloyatтning 14 ta oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylari 22 taga yetkazilib, 8460 nafar talabani joylashtirish imkoniyati yaratilgani, hozirda qo‘shimcha talabalar turar joyiga ehtiyoj mavjudligi aytib o‘tildi. Tahliliy-tanqidiy o‘tkazilgan yig‘ilish qaroriga asosan mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tashkil etilishi hamda joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
Bugun TDTU Olmaliq filialining talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida mas’ul mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh filialning Ohangaron shahrida joylashgan 1-sonli talabalar turar joyi hamda Konchilik ishi fakultetining yangi qurilayotgan TTJ binosi bilan tanishdilar. Ishchi guruh a’zolari o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tegishli tavsiyalarni berishdi.