Ishlar boshqarmasi
Suttiboyev Bekzod Eshboyevich
Lavozimi: Ishlar boshqarmasi boshlig’i
Qabul vaqti : dushanba-juma, soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99899 858 82 12
E-mail : b.suttibaev1982@mail.ru
Biografiya:
2005-2007 yy.-Ohangaron tumani Moliya bo‘limi “Byudjet inspeksiyasi” bo‘limida bosh iqtisodchi
2007-2008 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasida Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi guruhi bosh inspektori.
2008-2008 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasida Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi guruhi rahbari.
2008-2008 yy.-G‘aznachilik operatsiyalari nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis
2008-2010 yy.- Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i.
2010-2011 yy.- Ohangaron shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2011-2011 yy.-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari – yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi sektori boshlig‘i.
2011-2015 yy-Ohangaron tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2015-2017 yy- Olmaliq shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i
2017-2019 yy- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha filial direktorining o‘rinbosari
2019-yil -h.v.- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Ishlar boshqarmasi bo’limi vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiyot jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruq va farmoyishlarning bajarilishini tashkil qilish;
- Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
- Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- TDTU Olmaliq filialini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
- TDTU Olmaliq filiali moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Reja-moliya bo‘limi, biznes maktablari, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek direktor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
- TDTU Olmaliq filialining mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishni tashkil etish;
- Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish hamda tegishli vazirliklardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
- TDTU Olmaliq filiali xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
- TDTU Olmaliq filialining o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TDTU Olmaliq filialining moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
- TDTU Olmaliq filialiga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
- Shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- TDTU Olmaliq filialining professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
- TDTU Olmaliq filialining professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
- Pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
- Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
- Talaba va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
- TDTU Olmaliq filiali binolarini barqarorligini ta’minlash,yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
- Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
- Professor-o‘qituvchilar tomonidanta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish;
- O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.