Flat Preloader Icon Loading...

“Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!”

zhamiev

TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik hamda Konchilik ishi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Olmaliq shahar boʻlimi bosh mutaxassisi J.Pardayev ishtirok etdi.

Suhbat davomida ishtirokchilarga diniy bag‘rikenglik, maʼnaviy poklik, inson qadri, huquq va erkinliklarning ahamiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh etish, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Scroll to Top