Flat Preloader Icon Loading...

“Kafedra kunlari” loyihasi doirasida

photo 2025 04 30 10 01 47

TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani professor D.Mirxamitova boshchiligida Metallurgiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdilar. Uchrashuvda inson hayotining yoshlik davri va ayniqsa talabalik davri bilim olish, izlanish, oʻzligini topish uchun eng muhim payt ekanligi, vaqtni behuda sarflamaslik zarurligi, mudom kitob mutolaa qilish muhimligi haqida soʻz bordi. Samimiy kechgan suhbatda talabalar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar va eng faol yoshlarga dekan tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.

“Kafedra kunlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan bu uchrashuvda kafedra tomonidan TTJning har bir qavatiga oziq-ovqatlar toʻplami hadya qilindi hamda talabalar oʻrtasida “Eng mazali taom” tanlovi e’lon qilindi. Shu kuni TTJda navbatchilikni amalga oshirgan kafedra dotsenti O.Boltayev talabalar tayyorlagan taomlarni baholab, talaba qizlar jamoasi gʻolib boʻlganini e’lon qildi.

Scroll to Top