TDTU Olmaliq filiali Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi vakillari shahrimizning chekka hududi hisoblanuvchi Terakli mahallasidagi 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabiga borishdi. Maktabda yoshi ulugʻ mahalla ahli vakillari, oʻquvchilar va oliygoh mas’ullari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.
Tadbirda oʻquvchilarga katta hayotiy tajribaga ega katta avlod vakillari oʻz tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, iqtidorli oʻquvchilar oʻzlarining kuy, qoʻshiq va raqslarini havola etdilar.