Flat Preloader Icon Loading...

KARERA MARKAZI

karera

“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi

•  Talabalarni raqobatdosh xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘maklashish;
•  Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga ish topishda ko‘maklashish;
•  Korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etish;
•  Talabalarni kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
•  Bitiruvchilar bilan Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyatlari (karyerasi) to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.

Ish beruvchilar

•  Korxona, tashkilot va muassasalar bilan Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;
•  Korxona, tashkilot va muassasalarning yangi xodimlarga bo‘lgan talablari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
•  Talabalar uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlar tashkil etib borish;
•  Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;
•  Ish beruvchilar soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
•  Ish beruvchilar Karyera kuni ko‘rgazmalarida faol ishtirok etishi;
•  Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni institut elektron pochta manziliga yuborib turish.

Talabalar

•  Mehnat bozorida sohaga mos vakansiya izlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
•  Ishga kirish uchun rezyumelar tayyorlash;
•  Ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishi.

Tadbirlar

•  Karyera kuni yarmarkasi;
•  Ish beruvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
•  Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish.

Kasbga yo‘naltirish

•  Rezyume (ma’lumotnoma) tayyorlash;
•  Suhbat;
•  Taqdimotlar.

Onlayn manbalar

•  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini elektron bazasini yaratib filialning ish e’lonlari bo‘yicha vebportalida yoritish;
•  Elektron baza har oyda yangilanib borilishi va unga yangi bo‘sh ish o‘rinlarini kiritib borish;
•  Korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasini yaratish;
•  Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish;
•  Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni bitiruvchilarning elektron pochta manzillariga yuborib turish.

Scroll to Top