2025-yil 24–31-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Karyera oromgohi 2025” nomli 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Dastur kimlar uchun?
2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan
Dastur doirasida:
Kasbga yo‘naltirish;
Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
Mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha trening va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha TDTU Olmaliq filialining Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandisi Z.Diyorovga +998943633306 telefon raqami yoki https://t.me/Diyorov5 telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.