Flat Preloader Icon Loading...

Kasb-hunar maktabi bilan qo‘shma hamkorlik

rnasm

TDTU Olmaliq filiali Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi assistentlari I.Komilov va I.Azizov tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi pedagoglari hamda ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun “Metallarni payvandlash usullarini o‘rganish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.

Mahorat darsi jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy o‘qitish usullaridan keng foydalanildi. Shu bilan birga professional ta’lim muassasasi va kafedra o‘quv rejalaridagi fanlarga mos ravishda birgalikda o‘quv hamda metodik qo‘llanma yaratishga kelishib olindi.

Scroll to Top