2025-2026 o‘quv yilida TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetiga kechki ta’lim shakliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan suhbat tashkil etildi.
Fakultet ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Xabibullayev talabalarni filial ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi. Filial Axborot-resurs markazi faoliyati haqida talabalarga keng ma’lumot berildi. Suhbat savol-javoblarga boy holda samimiy o‘tdi.