Flat Preloader Icon Loading...

«Kelajak soati»da «Boqiy shaharlarimiz» haqida

Bugun Energetika va mashinasozlik, Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlarida 1-bosqich talabalari uchun «Boqiy shaharlarimiz» mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi. Ushbu dars fakultet dekan o‘rinbosarlari A.Abdullayev, B.Gaibnazarov va B.Xabibullayev tomonidan olib borildi.

Ma’rifat darsida yoshlarga yurtimizning boy tarixiy merosi, qadimiy va betakror shaharlarining sivilizatsiya rivojidagi o‘rni, ularning madaniy va ma’naviy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot davomida dekan o‘rinbosarlari tomonidan talabalarga Boqiy shaharlarimiz — Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Toshkentning jahon tarixidagi o‘rni, ularning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar dars davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.

Scroll to Top