“New Telents” xalqaro ijodiy tashkiloti hamkorligida, Namangan shahrida “Kelajak yulduzlari” nomli xalqaro tanlov o’tkazilishini e’lon qilamiz.
Xalqaro tanlov yo‘nalishlari va ijro vaqti
– Fortepiano (ijro vaqti 7 minut);
– Torli cholg‘ular (ijro vaqti 7 minut);
– Estrada cholg‘u ijrochiligi (ijro vaqti 5 minut);
– Damli va zarbli cholg‘ular (ijro vaqti 5 minut);
– Xalq cholg‘ulari (ijro vaqti 5 minut);2
– An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (ijro vaqti 6 minut);
– Akademik xonandalik (ijro vaqti 5 minut);
– Estrada xonandaligi (ijro vaqti 5 minut);
– An’anaviy xonandalik (ijro vaqti 6 minut);
– Baxshichilik, jirov (ijro vaqti 5 minut);
– Xoreografiya (ijro vaqti 6 minut);
– Teatr san’ati (ijro vaqti 7 minut);
– Tasviriy san’at (ijodiy ish chizishga 4 soat vaqt beriladi);
– Amaliy san’at (ijodiy ish yaratishga 4 soat vaqt beriladi);
– Folklor ijrochiligi (ijro vaqti 8 minut);
– Xor (ijro vaqti 6 minut).
❗️Yosh chegarasi mavjud:
6 yoshdan 30 yoshgacha.
Xalqaro tanlov 2025-yilning 26-28 may kunlari Namangan shahrida offlayn ko‘rinishda o‘tkaziladi.
Xalqaro tanlovga arizalar 2025-yilning 1-mayidan 22-mayiga qadar tashkiliy qo‘mita tomonidan quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi.
@newtalents_24