Flat Preloader Icon Loading...

«Kelajakka qadam» dasturi amalda

kelazhakkka adam

TDTU Olmaliq filialida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida, davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida «O’zmilliybank» AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi haqida “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy banki” AJ Olmaliq filiali boshqaruvi raisi oʻrinbosari S.Saidxonov tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Scroll to Top