“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida TDTU Olmaliq filiali Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsentlari G.Yusupova va N.Kuchkarova Urganch davlat universitetining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqotchilari bilan birgalikda ilmiy va innovatsion yo‘nalishlarda faol hamkorlik olib borishdi.
Uchrashuv davomida kaolin tarkibidan Al₂O₃ va SiO₂ ni ajratib olish texnologiyalari hamda neftni chuqur tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tajribalar bilan tanishildi hamda tajriba almashildi.
Shuningdek, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Sulton Uvays tog‘ tizmasida joylashgan Xo‘jako‘l kaolin koni va Warif China MCHJ korxonasida bo‘lib, boyitilgan kaolin, kvars va boshqa turlarni qazib olish hamda qayta ishlash texnologiyalarini o‘rgandilar.
Muzokaralar davomida katalizatorlar va adsorbentlar uchun zarur bo‘lgan kaolin tarkiblari bo‘yicha ilmiy fikr almashildi va universitet bilan istiqbolli hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.