Bugun Olmaliq davlat texnika institutida “Kitobxon yoshlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovdan maqsad — talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlovchi va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashdir.
Tanlovning filial bosqichida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining «Jadidlar», Energetika va mashinasozlik fakultetining «Ibrat izdoshlari» hamda Konchilik ishi fakultetining «Ibrat chirog’i» jamoalari 2ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar.
Tanlovning 1- sharti “Men yoqtirgan asar” sharti. Bunda ishtirokchilar o‘zlarii sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha 3 daqiqa davomida annotatsiya mahoratini namoyon etishdi. “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob shartida ishtirokchilari o‘rtasida Jadidlar hayoti va ijodiga oid 30 ta savollar berildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, «Jadidlar» jamoasi 1-o’rinni, «Ilm chirog’i» jamoasi 2-o’rinni hamda «Ibrat izdoshlari» jamoasi 3-o’ringa sazovor bo’lishdi. Tanlov go’liblariga diplom va kitob jamlanmalari taqdim etildi.