60721900 – Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo’nalishi
Fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib konchilik mashinalari va elektromexanik uskunalar, kon korxonalarini elektr ta’minoti, jarayonlarni avtomatlashtirish, ish jarayonlari nazariyasini o‘zlashtirish va tadqiq qilish, konchilik mashina va elektr uskunalari, ularning tizimlarini loyihalash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ularga ishlatiladigan materiallardan samarali foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining konchilik mashinalari va elektromexanik uskunalari, konchilik ishlab chiqarish korxonalari obyektlarida loyihalash, konchilik mashinalari va elektromexanik uskunalarini ishlatish va kon korxonalari elektrlashtirish jarayonlari va ularni tadqiq qilish; konchilik korxonalarini loyihalashda konchilik mashinalari va elektromexanik jihozlarni qo‘llash; konchilik mashinalari va elektromexanik uskunalarni ishlatishni; konchilik mashinalari va elektromexanik uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, almashuvi va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
Ta’lim tili
O’zbek tili, Rus tili
Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan imtihondan o’tish