KONCHILIK ISHI FAKULTETI
Xasanov Obid Abdullayevich
Lavozimi: Konchilik ishi fakulteti fakultet dekani
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti: Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +99893 187 15 00
Abdisattorov Davron Nazirxo’jaevich
Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi: Katta o’qituvchi
Telefon: +99893 392 90 19
Anarbayev Xalimjon Paxritdinovich
Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi: Katta o’qituvchi
Telefon: +99893 506 78 10
Gaibnazarov Baxrom Abdaaliyevich
Lavozimi: Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori
Telefon: +99893 617-24-90
- KONCHILIK ISHI FAKULTETI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
- FAKULTET KAFEDRALARI
- KAFEDRA MUDIRLARI
- ILMIY SALOHIYAT
- FAKULTET TALABALARI
1958-1961 yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.
XX asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq o‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volьfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kombinat faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi bo‘limga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan o‘rinbosari I.I.Inag‘amov bo‘lgan. Rahbariyatning “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga ko‘chirilsin” degan buyrug‘iga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga ko‘chiriladi. Fakultet Olmaliqqa ko‘chirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961-yil A.P.Turchits tayinlandi.
1963-1967 yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1967 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi ToshPIga o‘tkazildi kechki, sirtqi bo‘limlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.
1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.
Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995 yillarda ishlagan professor -o‘qituvchilar B.A. Stepanov V.N.Chazov, R.Sharipkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.Chazova, M.I.Shupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.Yusupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.Yakubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.
1995 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.
2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining tegishli bo‘limlarini va qolaversa, Respublika sanoatining tog‘-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. O‘sha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus ko‘rsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O‘.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiyev, dotsent A.M.Mutalov va fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflari hamda “Ta’lim muassaslariga qabul qilish bo‘yicha” Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy Kengashining 2001-yil 27-sonli majlis qarori asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan. Fakultet dekani etib dotsent Xasanov A.S. tayinlangan va u bu lavozimda 2012-yilgacha faoliyat yuritdi.
2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov, 2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov fakultet dekani lavozimida ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish soxasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi va uning tarkibiga “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti ham kiritilgan edi.
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetiga D.N.Abdisattorov dekan lavozimiga filial direktori buyrug‘iga binoan 2019 – yil 3-yanvardan tayinlandi va u 2019 yil 3-sentyabrgacha faoliyat ko‘rsatdi. 2019-yil 3-sentyabrdan 2022-yil 17-avgustgacha “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani lavozimida dotsent Yu.P.Isomatov faoliyat olib bordi.
Filial direktorining 2022-yil 8-avgustdagi “Filialda yangi fakultet va kafedralarni tashkil etish toʻgʻrisida” gi 01/9-05-153-sonli buyrugʻiga asosan “Konchilik ishi” fakulteti tarkibiga “Konchilik ishi”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” va “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedralari kiritiladi.
2022-yil 17-avgustdan bugungi kungacha PhD. O.A.Xasanov fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Konchilik ishi” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud.
- Konchilik ishi kafedrasi
- Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi
- Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Fakultetning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda olib boriladi.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARGA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA ISH OLIB BORISHMOQDALAR.
- Konchilik ishi kafedrasi – PhD. Xasanov Adxam Amanqulovich
- Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi – PhD. Shoyimov Yo’lchi Yusupovich
- Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi- t.f.n., dots. Riskulov Xashim Artikbayevich
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – PhD. Axmedova Vaziraxon Asqarovna
FAKULTET BO‘YICHA PROFESSOR – O‘QITUVCHILARNING TAQSIMOTI VA ILMIY SALOHIYATI
№ | Boʻlimlar | Fan doktori yoki professor | Fan nomzodi, PhD yoki dotsent | Katta oʻqituvchi | Assistent |
1 | Dekanat | – | 2 | 2 | – |
2 | Konchilik ishi kafedrasi | – | 6 | 6 | 11 |
3 | Konchilik elektromexanikasi kafedrasi | – | 1 | 3 | 7 |
4 | Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi | – | 4 | 8 | 6 |
5 | Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi | – | 3 | 2 | 8 |
Jami: | – | 16 | 21 | 32 |
FAKULTETDA TALABALAR
2023/2024 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3,4,5-kurs talabalari kontingenti:
- kurs –167 nafar,
- kurs – 149 nafar,
- kurs –197 nafar,
- kurs -273 nafar,
- kurs – 55 nafar,
Fakultet bo‘yicha jami talabalar soni (kunduzgi va kechki boʻlim) – 841 nafar