Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda TDTU Olmaliq filialida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari;
Ishtirokchilar bosh qomusimizda aks etgan moddalar yuzasidan maqola yozishlari va belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi maqolalarga qo’yilgan talablar:
1. Maqola 3-6 sahifa hajmda, o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. Maqola MS Word matn muxarririda, Times New Roman shriftda, 14 o‘lchamda, 1 intervalda, sahifaning tomonlari, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm joy qoldirgan holda yoziladi.
2. Maqolada keltiriladigan rasmlar, grafiklar sifatli bo‘lishi kerak. Maqola sarlavhasida talabaning familiyasi, ismi, sharifi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
3. Maqola elektron shaklda mas’ul shaxslar tomonidan elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilib olinadi va ro‘yxatga olinadi.
4. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda maqola va uning muallifi tanlovdan chetlatiladi.
Maqolalar joriy yilning 5-dekabr kuniga qadar online tarzda quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: @Anarboyev_AA
Tanlov g’oliblari diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.