Filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Nuraliyeva tomonidan 2024-yil 19-dekabr kuni Aksilkorrupsiya kovorking markazida Yoshlar klubi a’zolari va fakultet koordinatorlari ishtirokida «Korrupsiya-jamiyat kushandasi» mavsusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda 2025-yil 1-yanvardan «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushirilishi haqida talabalarga ma`lumot berildi. Vittual akademiyada o‘qish orqali aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksaltiriladi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitet shakillantiriladi.
Virtual akademiyada o‘qish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.