O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan «Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hamkor korxona va tashkilotlarda mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Shu maqsadda, TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani D. Mirxamitova va «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olmaliq KMK AJ MBF-3 korxonasida bo‘lishdi.
Korxona o‘quv markazi xodimlari bilan birgalikda, oliy ta’lim tizimida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning yo‘nalishlari muhokama qilinib, hamkorlikni kengaytirish va innovatsion uslublardan foydalanishni ta’minlash borasida takliflar bildirildi. Shuningdek, korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari va laboratoriyaning ilmiy-texnik bazasi bilan tanishdilar.