2025-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 17-yanvar kuni esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov rahbarligidagi yig’ilishda kelgusi vazifalar va topshiriqlar belgilab olindi.
Bu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil davomida filialga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb qilish uchun Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ bilan hamkorlik shartnomasi asosida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotida Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi assistenti I.Komilov ishtirok etmoqda.