TDTU Olmaliq filialida talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi mas’ul vakili, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Sayyora Fayzieva, shahar hokimi o`rinbosari S.Ahmedov Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo‘lishdi.
Ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida mas’ul rahbarlar fakultet talabalari bilan ham uchrashishdi.
Mutasaddi rahbarlar yoshlar bilan ularni qiziqtirayotgan masalalar, ayniqsa kitobxonlik yuzasidan qiziqarli suhbat olib borishdi.