Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Jamiyev tomonidan o’tkazilgan ma’rifat darsi mashg’ulotida O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar talabalarga taqdim etildi.
Xususan, dars davomida O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida tashrif buyurgan turli mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va davlatimiz rahbari o’rtasidagi uchrashuvlar, Renovatsiya tartib-tamoyillari hamda Turizm va investitsiya masalalari yuzasidan talabalarga tushunchalar berildi.