Ma’rifatli ayol – ilmli, ma’rifatli, axloqiy jihatdan mukammal shaxsdir. U о‘z oilasida bolalarni yaxshi tarbiyalashi, ularning ta’lim olishlari va hayotda munosib inson bо‘lib yetishishlari uchun astoydil harakat qiladi. Bunday ayollar jamiyatda ham faol ishtirok etib, о‘z bilim va tajribalari bilan jamiyatning rivojiga hissa qо‘shadilar
“Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi”
Ayni shu mavzu yuzasidan Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida dekan, kimyo fanlari doktori, professor D.Mirxamitova tomonidan maʼrifat darsi oʻtkazildi.
Ma’rifat darsida jamiyat va oilada ayollarning oʻrni, ilmli ayolning farzand tarbiyasi va avlod rivojiga hissasi haqida soʻz yuritildi. Shu oʻrinda talaba qizlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash zarurati xususida ta’kidlandi.