Flat Preloader Icon Loading...

Mardlik va matonat majmuasida

TDTU Olmaliq filiali professor-o’qituvchilari kuni kecha 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida bo’lishdi.

Xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi majmua hamda muzey sayohati professor-o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Sayohat davomida umumiy maydoni 14,6 gektar hamda ramziy 12 ta hududga bo‘lingan “Gʻalaba bog‘i”ning kirish qismi, urushning dahshatli qiyofasi, markaziy xiyobon, harbiy texnikalar maydonchalari, temir yo‘l vokzali, front orti hududi, amfiteatr va ma’muriy bino, motam va anduh hududi, shodu-xurramlik hududi, g‘alaba hududi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va shukronalik hududini tomosha qilishdi.

Shuningdek, urush va uning oqibatlari, urush manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar, o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati, qayg‘u-alami, shuningdek, erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi ifodalangan manzaralar mehmonlarga o’tmish haqida taassurot uyg’tmoqda.

Scroll to Top