Ma’lumki, 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlangan ilk kundan boshlab, TDTU Olmaliq filialida Maslahat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markazda mas’ul xodimlar tomonidan abituriyentlarga ham onlayn, ham oflayn tarzda zaruriy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.
Dastlab, markazga hujjat topshirish jarayonida my.uzbmb.uz sayti orqali qanday qilib onlayn ro‘yxatdan o‘tish kerakligi yuzasidan murojaatlar bo’lgan bo’lsa, hozirgi bosqichda 14-iyuldan boshlanadigan test sinovlari uchun ruxsatnomani yuklab olish masalasida abituriyentlarga amaliy yordam berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga markaz xodimlaridan tezkor javob olishlari mumkin:
+998559021772