Matbuot kotibasi
ERGASHEVA MUQADDAS ABDUHAKIMOVNA
Lavozimi: matbuot kotibi
Qabul vaqti : Dushanba- juma 8:00-17:00
Telefon : +99893 93 600 86 71
- Matbuot kotibi bevosita institut rektoriga (filial direktori) bo‘ysunadi.
- Matbuot kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, institutning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borish;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda institut rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
- Keng jamoatchilikni institut faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
- Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish;
- Institutning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda institut tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- Institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rektoriga axborot berish;
- Institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
- Matbuot kotibi vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni institut tarkibidagi bo‘limlaridan belgilangan tartibda so‘rab olish;
- Institutning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
- Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun institut rektori bilan kelishgan holda institut bo‘limlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;
- Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha institut nomidan vakillik qilish;
- Institutning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Matbuot kotibi faoliyati masalalari bo‘yicha normativ xujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini mukammal bilish;
- Institut ichki tartib-qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablarini bajarish;
Axborot siyosatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, institut rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, institut yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, institut tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish.
- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
№ | Lavozimlar nomi | MMSK bo‘yicha kod | Xodimlar toifasi | Ma’lumotining eng past darajasi | O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi |
2267. | Press-sekretar | 1234 | U | V/O | 5220100, 5120100; 5120200; 5120300 |