Flat Preloader Icon Loading...

METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

md

MIRXAMITOVA DILOROM XUDOYBERDIYEVNA

Lavozimi : Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani
Ilmiy darajasi : Professor
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99893 569 88 12

TDTUOF logo1
nn

Nosirov Nurzod Ixtiyorovich

Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi: PhD
Telefon: +99893 608 09 10

xb

Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li

Lavozimi: Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +99899 300 15 35

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish soxasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq  shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. 2022-yil 5-sentabrdan bugungi kungacha DSc. D.X.Mirxamitova fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

“Metallurgiya kafedrasi” TDTU OF  ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Metallurgiya kafedrasiga joriy yilda 19,75 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 nafar professor, 1 ta kafedra mudiri, 1 ta dotsent, 3 ta dotsent v.b., 2 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistent, ichki o‘rindoshlik asosida 2 ta professor, 1 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent, tashqi o‘rindoshlik asosida 1 ta professor, 1 ta katta o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 46,67% tashkil etmoqda.

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z  faoliyatini  boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 54.54%.

 “Kimyo va fizika” kafedrasi TDTU OF Ilmiy Kengashining 2022 yil 8.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 40 %.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida nomutaxassis kafedra hisoblanadi. Filial miqyosida barcha yo‘nalish talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Kasbiy psixologiya”, “Dinshunoslik”, “Muxandislik psixologiyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borishadi. Kafedrada asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 42%.

“Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud. 

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Metallurgiya kafedrasi
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Kimyo va fizika kafedrasi
  2. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi

Fakultetning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda olib boriladi.

FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARDA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA FAOLIYAT YURITMOQDA:

  1. Metallurgiya kafedrasi mudiri Toshqodirova Ra’no Erkinjonovna
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri Parmanov Sarvar Toshpo’latovich
  3. Kimyo va fizika kafedrasi mudiri Mirzahmedov Rustamjon Mirxamidovich
  4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Eronov Samarbek Qurbonnazarovich

FAKULTET BO‘YICHA PROFESSOR – O‘QITUVCHILARNING  TAQSIMOTI  VA  ILMIY SALOHIYATI

BoʻlimlarFan doktori yoki professorFan nomzodi, PhD yoki dotsentKatta oʻqituvchiAssistent
1Dekanat1101
2Metallurgiya kafedrasi1517
3Kimyoviy texnologiya kafedrasi2332
4Fizika va kimyo kafedrasi0555
5Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi0525
Jami:4191120

Talablar 2023/2024 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3,4,5-kurs talabalari kontingenti:

  1. kurs -154nafar,
  2. kurs  – 153 nafar,
  3. kurs -174nafar,
  4. kurs -208 nafar,
  5. kurs – 23 nafar,

Fakultet bo‘yicha jami talabalar soni (kunduzgi va kechki boʻlim) – 712nafar

Scroll to Top